Shomurodov Turkiya klubining taklifini qabul qildimi?

Khoja
20 iyun 2025
“Roma“ hujumchisi Eldor Shomurodov yozda Italiyani tark etadi.

O'zbekiston MTJ sardori “Istanbul Bashakshehir“ning taklifini qabul qildi. Bu haqda Janluki Di Marcio ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2021 yildan beri Italiya A Seriyasida faoliyat olib bormoqda. U shu vaqt orasida “Jenoa“, “Roma“, “Speciya“ va “Kalyari“ jamoalarida to'p surdi. 29 yoshli hujumchi A Seriyada jami 119 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 13 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: romapress.com