Shomurodov terma jamoaga ixtiyoriga kelish uchun o'z yonidan 4 million so'm sarflagan paytlar ham bo'lgan ekan

Narzulla Saydullayev
16 okt 2019
Rostov va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning vakili Qahhor Mo'minov Sports.ru saytiga bergan intervyusida qiziq ma'lumotni aytib o'tdi.

Unga ko'ra Shomurodovni Moskva shahrida doim ham tanishmas ekan.

Bazida terma jamoa o'yinlariga Shomurodov Moskva orqali uchardi. Eldorning beli og'riyotgandi, aksiga olib terma jamoa unga ekonom klass uchun chipta yuborgan.

Biznes klassda uchish uchun chiptani o'zgartirmoqchi bo'lib qancha qo'shimcha pul to'lashi kerakligini so'raganda unga javoban: "28 ming rubl. Sizda pul bormi?" deyishgandi.

Ha, Moskva mana shunday beshafqat. Rostovda esa 5 daqiqa ko'chada yursa selfi yoki avtograf so'rab keladiganlar ko'plab topiladi, – deydi Mo'minov.

Ma'lumot uchun, 28 ming rubl taxminan 4 million so'mga va 435 dollarga teng.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia