Shomurodov "Speciya"dagi debyuti haqida fikr bildirdi

Оқил Абдубарноев
6 fev 2023
"Speciya" hujumchisi Eldor Shomurodov yangi jamoasidagi ilk o'yini haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Napoli"ga qarshi bahsdagi suratini joyladi va shunday izoh qoldirdi:

"O'zimiz istagan natijaga erisha olmadik, lekin taslim bo'lmaslik muhim ahamiyatga ega sanaladi. Ushbu libosni ilk bor kiyganimdan juda xursandman! Olg'a, "Speciya"!", - dedi Shomurodov.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuvda "Speciya" 0:3 hisobida yutqazdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/shomurodov.eldor/