Shomurodov "Rostov"ning Rossiya chempionatidagi yubiley goli muallifiga aylandi

Eldor Akmurzayev
14 iyul 2019
Ayni daqiqalarda Rossiya Premer-ligasining dastlabki turi doirasida Rostov klubi Orenburg bilan to'qnash kelmoqda.

Bahsning 11 daqiqasida rostovliklar forvardi Eldor Shomurodov jamoadoshining qanotdan uzatib bergan uzatmasini boshi bilan chiroyli tarzda darvozaga joylab qo'ydi. Mazkur aniq zarba Rostovning mamlakat chempionatidagi 500 gol sifatida yozildi va Shomurodov yubiley ko'rsatkichni qayd etdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia