Shomurodov kambekni boshlab bergan, Sergeev esa benefisi bilan uni tugatib qo'ygan O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi o'yinidan ajoyib GALEREYA

Tolibjon Qosimov
26 mar 2022
Kecha "Navruz Cup-2022" xalqaro o'rtoqlik turnirida yarim final bahslari bo'lib o'tdi.

1/2 finalning ikkinchi bellashuvida O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda 6-daqiqadayoq raqiblarimiz xatolardan foydalanib hisobni ochishdi. Birinchi bo'limni mag'lub sifatida tark etgan terma jamoamiz ikkinchi 45 daqiqalikda kambek namoyish etishdi. Avvaliga, Shomurodov 65-daqiqada muvozanatni tiklagan bo'lsa, zaxiradan tushgan Igor Sergeev 85 va 90+1 - daqiqalarda o'z dublini nishonladi. Shu tariqa, qo'shnilar ustidan g'alabaga erishgan Srechko Katanets shogirdlari turnirning finaliga yo'l olishdi.

"Navruz Cup-2022". O'zbekiston Sergeevning dubli evaziga Qirg'iz Respublikasi ustidan zafar quchib, finalga yo'l oldi

O'zbekiston terma jamoasining "Navruz Cup-2022" finalidagi raqibi Uganda bo'ladi. Mazkur to'qnashuv 29 mart kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.

O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi yarim final bahsidan ajoyib suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov

Aleksandr Krestinin: "Finalga munosiblar chiqadi"


Ajoyib kadr.


Jasur Jaloliddinovning "Qayrat"dagi jamoadoshi, "Qirg'iz Messisi" Guljigit Alikulov.


Eldor hisobni tenglashtirishidan avvalroq birga-birdan gol ura olmagan vaziyat.


Srechko Katanets: "Bugun maydonda "Navbahor" o'ynadimi yoki terma jamoa?"


Nigohlar...


Amanov 4 raqib taqibida.




O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi yarim final bahsidan ajoyib suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia