Shomurodov "Jenoa" bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Tibbiy ko'rik - ertaga

Alisher
1 okt 2020
"Rostov" forvardi Eldor Shomurodov "Jenoa"ga o'tishga yaqin.

O'zbekiston terma jamoasining 25 yoshli o'yinchisi ertaga Italiyada tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng Genuya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

"Jenoa" Shomurodov uchun bonuslar bilan birga 9 million evro miqdorida mablag' to'laydi. "Rostov" shuningdek o'yinchining keyingi sotuvidan 15 foizini o'ziniki qiladi.

Oldinrov ma'lum bo'lganidek, "Jenoa" Shomurodovning o'ziga yiliga 600-700 ming evro miqdorida maosh taklif qiladi.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru