Shomurodov: “Birinchi o'yin uchun yomon natija emas”

Eldor Akmurzayev
28 mar 2020
PES 2020 simulyatori bo'yicha “Eng tez liga”da ilk uchrashuvini o'tkazgan “Rostov” forvardi Eldor Shomurodov o'z fikrlarini bildirdi

Shomurodov “Sochi” sharafini himoya qilayotgan Noboaga qarshi to'qnash kelib, so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan (1:1) chiqardi.

“Umuman olganda bu kabi o'yinlarni juda kam o'ynayman, PES'ni esa so'nggi bor 2013 yil do'stlarim bilan o'ynagandim.

Noboa juda yaxshi o'ynadi, to'pni ajoyib tarzda ushladi. Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldim, lekin ilk bahs uchun yomon natija emas deb hisoblayman. O'ylaymanki, kuzatuvchilarga maqul keldi”, deydi Shomurodov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru