Shok! Neymar PSJ prezidentiga Edinson Kavanini sotishi kerakligini aytdi

Tolibjon Qosimov
20 sen 2017
"Sport.es"ning ma'lumotiga ko'ra, PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar klub prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi va rahbariyat urugvaylik forvard Edinson Kavanini sotishi kerakligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, Kavani va Neymar jarima zarbasi va penalti tepish borasida tortishib qolishgan edi, keyinchalik tortishuv kiyinish xonasida ham davom etgan. Neymar kelishmovchilik o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketishi qiyinligini, shuning uchun Kavanini qishda, uzog'i bilan keyingi yozda sotish kerakligini ma'lum qilgan.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport.es