Shohrux Mahmudhojiev "Dinamo" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
20 iyul 2022, 14:10
Superliga ikkinchi davrasi oldidan "Dinamo" jamoasi o'z tarkibiga yana bir o'yinchini qo'shib oldi.

"Samarqand jamoasi tarkibiga 24 yoshli hujumchi Shohrux Mahmudhojiev taklif etildi. "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi 2018-2019 yillar Toshkent klubi sharafini himoya qilgan bo'lsa, 2020-2021 yillar "Navbahor" klubida to'p surdi. 

Joriy mavsum avvalida esa Tojikistonning "Xo'jand" klubi sharafini himoya qilib, OFK kubogida to'p surdi. Birinchi davradan keyin Tojikiston vice-chempioni safini tark etgan Shohrux Mahmudhojiev "Dinamo" bilan 2022 yil oxiriga qadar shartnoma imzoladi. 24 yoshli forvard "Dinamo"ning Chirchiqdagi mashg'ulotlariga qo'shildi", - deyiladi klub xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати