

So'nggi yillarda eng ko'p jamoasini almashtirayotgan futbolchilar ro'yxatiga kirayotgan futbolchilardan biri bu shubhasiz Alisher Shog'ulomovdir. 24 yoshli hujumchi oxirgi ikki yil ichida to'rtta jamoada o'ynadi. Xususan, 2016 yilgi mavsumda avvaliga Andijon, so'ngra Obodda o'ynagan bo'lsa, 2017 yilgi chempionatni Buxoroda boshlab, Neftchida tugatdi. Endilikda esa Alisher Toshkentning Lokomotiv klubida qo'nim topdi. Poytaxtlik futbolchiga mamlakat chempionidan qiziqish bo'lgan ko'rinadi. Yoshlar ligasining 2-turida, Shog'ulomov Lokomotiv tarkibida maydonga tushdi. Extimol temiryo'lchilar murabbiyi Mirko Yelechich yaqin orada Alisherni asosiy jamoaga jalb etar.
#77 Alisher Shog'ulomov



