Shneyderlen va Marsyal jarohat tufayli "Liverpul"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishdi
Aslanov Jasurbek
18 okt 2016
"Manchester Yunayted" futbolchilari Morgan Shneyderlen va Antoni Marsyal mashg'ulotda olingan jarohat tufayli "Liverpul"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishdi.
Ma'lum bo'lishicha, ikkala futbolchi mashg'luotda shikastlanishgan, ammo jarohat darajasi hozircha aniq emas. Bu o'yinchilar "Fenerbaxche"ga qarshi Yevropa ligasi o'yinida maydonga tushishi ham so'roq ostida.