Shmeyxel Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2021
"Lester" darvozasboni Kasper Shmeyxel Daniyada 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

34 yoshli darvozabon so'rovnomada 36,5 foiz ovoz to'plagan. Ikkinchi o'rinni yarim himoyachi Per-Emil Xeyberg ("Sautgempton" / "Tottenxem", 35%) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Simon Ker ("Milan", 28,5%) yakun yasadi.

Ma'lumot uchun, Shmeyxel 2016 va 2019 yillarda Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Spillerforeningen.dk