Shimoliy Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi hibsga olindi

Aslanov Jasurbek
12 sen 2017
Shimoliy Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Maykl O'Nil mast holatda mashina boshqargani uchun hibsga olindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ediburg policiyasi 10 sentyabr kuni tunda 48 yoshli mutaxassisni qo'lga olgan. O'Nil 10 oktyabr kuni sud qarshisida ko'rsatma berishi kerak.

O'Nil 2012 yildan beri Shimoliy Irlandiya terma jamoasida ishlaydi. Shimoliy irlandiyaliklar JCH-2018 saralash bosqichi o'yinlarida, o'z guruhida Germaniya terma jamoasidan so'ng ikkinchi o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Scottish Sun