Shifokorlar Ansu Fatiga mashg'ulotlarga qaytishga ruxsat berishdi

Alisher
19 sen 2020, 15:58
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati 11 sentyabrda jarohat olganidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.

Kataloniyaliklar matbuot xizmatining xabariga ko'ra, shifokorlar futbolchiga mashg'ulotlarga qaytish uchun "yashil chiroq" berishgan.

Eslatib o'tamiz, 17 yoshli forvard jarohat olganiga 1 hafta vaqt bo'lgandi va u tezda tiklandi.

"Barselona" 27 sentyabrda La Liga doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o'ynaydi. Fati o'tgan mavsum La Ligada 24ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assist qayd etgan edi.



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona