Shevchenko Italiyani tabrikladi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2021
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andriy Shevchenko italiyalik muxlislarga "sariq-ko'klar"ni qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi va Italiyani Yevropa chempionati finaliga chiqqani bilan tabrikladi.

"Ushbu Yevropa safari davomida bizni qo'llab-quvvatlagan barcha ukrainaliklarga va barcha italiyalik muxlislarga samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Roberto Manchinini, uning shtabini va butun Italiya jamoasini yuqori natijalari bilan hamda finalga chiqqanligi bilan tabriklayman", - deya ta'kidladi Shevchenko.

Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionatining chorak final uchrashuvidan o'rin olgan Ukraina - Angliya (0:4) qarama-qarshiligi Rimda, "Olimpiko" stadionida bo'lib o'tgan. Yarim finalda Italiya penaltilar seriyasida Ispaniyani mag'lub etdi. Evro-2020'ning hal qiluvchi o'yinida "Skuadra Adzurra" Angliya - Daniya juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/andriyshevchenko