

- Derbiga mos o'yin bo'ldi. Bellashuv muxlislarga yoqdi deb o'ylayman. Qo'qon jamoasini enganimizdan xursandman. Kuchli va jamoaviy o'yin hisobiga derbida g'alaba qozondik. Bizni qizg'in tarzda qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Keyingi turda “Buxoro”ga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi. Xozir Oliy ligada istalgan jamoa bilan o'ynasa bo'ladi. Biz “Buxoro” jamoasi uyiga faqat g'alaba uchun boramiz, - deb fikrlarini yakunladi “Neftchi” vakili Sherzod Hakimov.
Eslatib o'tamiz, “Neftchi” keyingi turda Buxoroda o'ynaydi. Farg'onaliklar 16 iyun “Buxoro” jamoasiga qarshi safar bahsini o'tkazishadi.
“Neftchi” matbuot xizmati




