Sherzod Esanov: "Stadiondagi atmosfera har doimgidan ham ajoyib bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
29 apr 2024
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Andijon" – "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng "burgutlar" futbolchisi Sherzod Esanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin oldindan qiyin o'tishini bilgandik. Shu bois har tomonlama munosib tayyorgarlik ko'rdik. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi sababli yaxshi natijaga erishdik deb o'ylayman. Stadiondagi atmosfera har doimgidan ham ajoyib. Asosiy vazifani bajardik.

Asosiy tarkibda tushamanmi yoki ikkinchi bo'limdami – bu murabbiyning tanlovi. Jamoamning g'alabasi muhim hisoblanadi. 

OTJdagi do'stlarimizga, akalarimizga omad tilayman. Kamida Olimpiada yo'llanmasi va chempionlik bilan qaytib, xalqimizni xursand qilishsin", – deydi Sherzod Esanov.






Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia