Sherzod A'zamov: "Obod" jamoasi ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirmoqda"

Narzulla Saydullayev
13 avg 2016
Chempionatimizning 18-turida Qarshining "Nasaf" jamoasi Toshkentda "Obod" klubi mehmoni bo'lib yirik (3:0) hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Nasaf" klubi futbolchisi Sherzod A'zamov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Ko'rgan bo'lsangiz o'yin biz uchun juda ham qiyin bo'ldi. Bunday klublarga qarshi uchrashuvlar har doim qiyin bo'lib kelgan. "Obod" jamoasi ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Faqatgina ularga biroz omad etishmayapti deb o'ylayman. "Obod" klubi o'yin davomida bizga qaraganda to'pni yaxshi nazorat qildi. Gol urganimizdan so'ng mezbonlar oldinga o'tishga majbur bo'lishdi. Keyingi turda "Paxtakor"ga qarshi bahs olib boramiz, ushbu uchrashuvda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi", - deydi "Nasaf" klubi futbolchisi Sherzod A'zamov.


Jahongir Sotvoldiev



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia