Sherzod A'zamov: "Faoliyatimni tugatish haqida o'ylagandim"

23 iyul 2022, 12:26
Toshkentning "Paxtakor" klubi sardori Championat.asia mehmoni bo'ldi.

Tajribali Sherzod A'zamov faoliyatining boshida qiyin kunlar bo'lganini esladi: "Faoliyatimni davom ettirolmasam kerak, deb ham o'ylaganman. Chunki eng qiyin "operaciya" belda o'tkaziladigan jarrohlik amaliyoti hisoblanadi. Ko'p o'tmay, oyog'im ham singan. O'sha paytda qiynalganman. Chunki belda kuch yig'ish nisbatan mushkulroq. 

Bu jarohat yoshlik qilib, noto'g'ri mashg'ulot o'tkazishim ta’sirida orttirilgan edi. Hozirgacha ham kichik asoratlari sezilib turadi".


Manba: championat.asia