"Sherlar"dan ikki vakil, 9 ta seyv qilgan posbon va xunuk gol urishni bilmaydigan legioner - Superligada 6-turning eng yaxshilari

Narzulla Saydullayev
23 apr 2025
Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 6-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi darvozaboni – Azizxon Isaqov ("Qo'qon-1912")

Superligaga qaytgan "Qo'qon-1912" 6-turni safarda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazdi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. O'yin davomida qo'qonliklar posboni Azizxon Isaqov 9 marta jamoasini gollardan qutqarib qoldi. Garchi jamoasi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Isaqov qo'lidan kelgan barcha ishni qildi. O'tkazilgan golda ham uning aybi deyarli yo'q. Shu tariqa, Isaqov 6-turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi murabbiyi – Pedru Moreyra ("Paxtakor")

"Paxtakor" 6-turda Farg'onada "Neftchi" klubiga qarshi o'ynadi va yirik g'alabaga erishdi - 4:0. O'sha o'yindan keyingi matbuot anjumanida gapni qisqa qilgan Moreyra kabi biz ham ko'p cho'zib o'tirmaymiz: Pedru Moreyra 6-turning eng yaxshi murabbiyi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi futbolchisi – Umar Adhamzoda ("Paxtakor")

"Paxtakor"ning Farg'onadagi yirik g'alabasida qanot futbolchisi Umar Adhamzodaning hissasi katta bo'ldi. U ikkita gol urdi va Riaskosning golida bevosita qatnashdi. Markaziy o'yin taqdirini hal qilgan Umar Adhamzoda 6-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 6-turning eng chiroyli goli muallifi – Lyupcho Doriev ("So'g'diyona")

O'zi xunuk gol urishni bilmaydigan "So'g'diyona" legioneri Lyupcho Doriev 6-turda OKMKga qarshi bahsda ikkita to'p kiritdi. Uning birinchi goli anchayin chiroyli chiqdi. Futbolchi yon chiziq yonida to'pni egallab jarima maydoniga yaqinlashib kuchli zarba bilan gol urdi. Lyupcho Doriev tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.




"Bunyodkor" ustozi va legioneri, "Xorazm" posboni - Superligada 1-turning eng yaxshilari        

Mag'lub bo'lgan darvozabon, legioner hujumchi, tajribali himoyachi va OKMK ustozi - Superligada 2-turning eng yaxshilari        

"Mashal"dan ikki futbolchi, "Bunyodkor" hujumchisi va 62 yoshli murabbiy - Superligada 3-turning eng yaxshilari        

O'zbekiston MTJ sobiq darvozaboni, "Neftchi" hujumchisi va 53 yoshli murabbiy - Superligada 4-turning eng yaxshilari        

"Qo'qon-1912" posboni, tarixiy g'alabaga erishgan murabbiy, burchakdan gol urgan futbolchi va sloveniyalik legioner - Superligada 5-turning eng yaxshilari        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia