Shekspir: "Atletiko"ga qarshi bahsda hakam penalti belgilab adashdi"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017
"Lester Siti" bosh murabbiyi Kreyg Shekspir "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final ikl uchrashuvini (0:1) boshqargan hakam Yunas Eriksonning ishidan qoniqmadi.

Bahsning 28-daqiqasida referi "tulkilar" darvozasi tomon penalti belgiladi, ammo Shekspirning fikricha, qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida bo'lgan.

"Bu muhim qaror edi. Men hakamga u adashganini aytdim. Biz Chempionlar ligasining chorak finali haqida gapiryapmiz. Uning qarori bizga juda qimmatga tushishi mumkin.

U erda penalti yo'q edi, jarima zarbasi bo'lgandi. Hakamning qaroridan xafsalamiz pir bo'ldi. To'g'ri, ularning ishi og'ir, ammo muhim vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishlarini istaymiz.

O'yindan so'ng hakamdan qoidabuzarlik haqida so'radim, u fol chiziq ustida bo'lganini, ammo takroriy lavhada qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida amalga oshirilganini aytdi" - deydi Shekspir.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph