"Shaxtyor"da faoliyat olib borgan braziliyalik futbolchi Xitoy terma jamoasida o'ynashi mumkin

"Shaxtyor"ning sobiq yarim himoyachisi Aleks Teysheyra Xitoy termasida o'ynashi mumkin.

Boisi, Teysheyra Xitoy fuqaroligini olmoqda. Hozirda xitoyliklar bosh jamoasini Marchelo Lippi boshqarmoqda. Italiyalik mutaxassis rahbariyatdan bir nechta o'yinchilarni mahalliylashtirishni so'ragan. 

 Eslatib o'tamiz, Teysheyra 2010-2015 yillar mobaynida Ukrainaning "Shaxtyor" klubida o'ynagan. 29 yoshli braziliyalik 2016 yil yanvar oyidan beri Xitoyning "Czyansu Sunin" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 

Uning statistikasi bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin.

MavsumJamoaTurnirO'yinGolPenaltidan golAssistGol+PasSariq kartochkaQizil kartochka
2018"Czyansu Sunin"
Xitoy. Oliy liga129121110
2019"Czyansu Sunin"
Xitoy. Oliy liga2813141730

Manba: football24.ua