“Shaxtyor” “Manchester Siti” hujumchisini ijaraga oldi

Olarenvadju Kayode mavsum so'ngiga qadar “konchilar” safida to'p suradi.

“Shaxtyor” transfer huquqi “Manchester Siti”ga tegishli bo'lgan Olarenvadju Kayodeni mavsum oxiriga qadar sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. U amaldagi mavsumda LaLigada “Jirona” safida ijarada to'p tepayotgan edi. Hujumchi “Jirona” safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Manba: “Шахтёр” расмий сайти

O'xshash yangiliklar