Rasman: "Shaxtyor" "Manchester Siti" futbolchisini sotib oldi

Mirjalol Normatov
8 iyun 2018, 17:45
"Shaxtyor" bosh direktori Sergey Palkinning ma'lumotiga ko'ra, "Manchester Siti" hujumchisi Olarenvaju Kayode jamoa a'zosiga aylangan.

"Kayode "Shaxtyor"da o'ynashni davom ettiradi. Biz uning transferini "Manchester Siti"dan to'liqligicha sotib oldik va 5 yillik shartnoma imzoladik. U o'zini ko'rsatdi va murabbiylarning olqishiga sazovor bo'ldi", - dedi direktor.

25 yoshli Kayode "Shaxtyor" tarkibida shu yilning mart oyidan buyon harakat qilmoqda. Shu vaqtdan buyon u 8 uchrashuvda qatnashdi va 3 gol urib, 1 golga assistentlik qildi. Hozircha futbolchining narxi borasida ma'lumotlar keltirilmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru