Sharmandalikning oxiri yo'qmi? O'zbekiston Tojikistondan 6ta gol o'tkazdi!

Xayrulla Xoliqov
11 avg 2021
Bugun O'zbekiston U-15 o'smirlar terma jamoasi tojikistonlik tengqurlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Dushanbedagi Markaziy o'yingohda bo'lib o'tgan bahsda yosh futbolchilarimiz 3:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Birinchi bo'limdan so'ng o'smirlarimiz 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchrashayotgandi. 

Server Jerparov boshchiligidagi O'zbekiston U-15 terma jamoasi dastlab 2-8 avgust kunlari Toshkentda yig'in o'tkazdi. Shundan so'ng 9 avgust kuni Dushanbega yo'l olib, bugun u erda birinchi o'rtoqlik o'yini o'tkazildi. 

Birinchi bahsda mezbonlar 6:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Futbolchilarimizdan Amirbek Saidov, Ibrohimjon Tursunaliev va Ollobergan Karimovlar gol muallifi bo'lishdi. 

Albatta, bu o'rtoqlik o'yini lekin bunday mag'lubiyatni baribir hazm qilib bo'lmaydi. Va buni bir ovozdan o'zbek futboli uchun sharmanda deymiz. Jeparovga ham qoyil qolmadik. 

P.S. Tojikiston U-15ga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yini 13 avgust kuni bo'lib o'tadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia