"Shanxay SIPG" OCHL chorak finaliga chiqdi (FOTOGALEREYA)

Aslanov Jasurbek
26 iyun 2019, 18:31
"Chonbuk Motors" hamda "Shanxay SIPG" o'rtasidagi OFK Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvi yakuniga etdi.

Ushbu uchrashuvning asosiy vaqti xuddi ilk bahsdagidek 1:1 hisobida yakunlandi va qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilindi. Ekstra taymlardan ham g'olib aniqlanmagach, penaltilar seriyasi keyingi bosqichga chiqadigan jamoa nomini aniqlab berdi. Shanxayliklar 5ta zarbaning barchasini golga aylantirishdi, "Chonbuk" vakillari esa bitta zarbada xato qilishdi va musobaqani yakunlashdi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori, "Shanxay SIPG" yarim himoyachisi Odil Ahmedov uchrashuvda to'liq ishtirok etdi va penaltidan urilgan gollarning biriga mualliflik qildi.

E'tiboringizga ushbu bahsdan olingan eng sara suratlarni taqdim etamiz.

























Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sina.com