"Shanxay SIPG" futbolchisi La Liga klubiga o'tmaydigan bo'ldi

Alisher
31 dek 2020
Shanxayliklarning braziliyalik hujumchisi Xalk "Espanol"ga o'tmaydi.

"Espanol" sport direktori Rufetening so'zlariga ko'ra, Xalk ispan jamoasiga o'tmaydi.

"Xalk? Bunday o'yinchi jamoamiz uchun amalga oshirib bo'lmaydigan maqsaddir", - deydi Rufete.

Oldinroq, Xalkning "Espanol"ga mavsum so'nggiga qadar ijaraga o'tishi mumkinligi to'g'risida xabar qilingan edi.

Xalk joriy mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 6ta assistga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca