"Shanxay SIPG" futbolchisi "Inter Mayami"da o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
23 noya 2020
"Shanxay SIPG" forvardi Xalkning oldida faoliyatini davom ettirishi uchun yana bir variant paydo bo'ldi.

"Todo fichajes" xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchiga Devid Bekxem egalik qilayotgan "Inter Mayami" klubi qiziqish bildirmoqda. Amerika klubi hujumda Xalk - Gonsalo Iguain - Rodolfo Pisarro triosini tashkil qilmoqchi.

31 dekabr kunida Xalk erkin agentga aylanadi va boshqa jamoaga tekinga o'tadi. Ayni damda unga "Portu" jiddiy davogarlik qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todo fichajes