Spartak bosh direktori: O'runovga Rossiyadan tashqarida 5–6 millionlik taklif borligini bilaman

Narzulla Saydullayev
2 avg 2020
Spartak bosh direktori Shamil Gazizov Ufa yarim himoyachisi Oston O'runov haqida gapirdi.

- O'runov haqidagi gap so'zlarga munosabatingiz?

- Hozir barcha O'runov borasida kulmoqda. Hozir unga 5–6 millionlik taklif borligini bilaman. Barcha bu Rossiya chempionatiga taaluqli emasligini tushunib turibdi.

- Unga qiziqish juda ham katta, O'runovning bir nechta kuchli sifatlarini sanab bera olasizmi?


- Siz uning o'yinini tomosha qiling.

- Agar 6 millionlik taklif bo'lsa nima uchun Ufa Spartakka arzonga sotmoqda?

- Bir nechta variantlar bor, deylik futbolchining keyingi transferidan ma'lum miqdorda pul olishi mumkin. Yoki bir futbolchi ketsa uning o'rniga boshqa futbolchi kelishi mumkin – deydi Gazizov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Футбольный Биги" ютуб канали