Shakiri: "Tez orada "Stok Siti" Chempionlar ligasida o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
2 mar 2016, 17:25
"Stok Siti" hujumchisi Shyerdan Shakirining fikricha, uning jamoasi tez orada Chempionlar ligasida o'ynaydi.

"Bizda ajoyib jamoa bor. O'sishimiz tezligini hisobga olsak, tez orada Chempionlar ligasida ishtirok etish haqida o'ylaymiz. Sifatli futbol - bu birinchi qadam va bir qancha vaqtdan so'ng "Stok Siti" Yevropaning eng kuchli turnirida o'ynaydi. Bu natijaga joriy mavsumda erishamiz deya olmayman, ammo Yevropada o'ynash uchun mahoratimiz etarli. "Stok Siti" ayni damda 9-o'rinni egallab turibdi va kuchli beshlikka kirish uchun jamoa bor kuchini ishga soladi. Bizda bosim yo'q" - deydi Shakiri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror