"Manchester Yunayted" "Liverpul" transfer maqsadini ilib ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018
"Stok Siti" va Shveytsariya yarim himoyachisi Shyerdan Shakiri yaqin vaqt ichida boshqa Angliya Premer-ligasi klubiga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchini xarid qilishga "Manchester Yunayted" va shaxsan bosh murabbiy Joze Mourinyo qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" uzoq vaqtdan beri Shakirini kuzatib yurgan "Liverpul" umidlarini chippakka chiqarishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Stok Siti" va Shakiri o'rtasida imzolangan shartnomada jamoa Chempionshipga tushib ketsa, uning tovon puli 13,5 mln. evro bo'lishi belgilangan. 26 yoshli yarim himoyachi so'nggi mavsum 36ta uchrashuvda 8ta gol urib, 7ta golli pas bergan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports