Shakiri: "Shveytsariyada Ronaldu yo'q, biz o'zgacha o'yin ko'rsatishimiz kerak"

Sherzod Nurmatov
5 dek 2022, 11:00
Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Jyerdan Shakiri 6 dekabr kuni bo'lib o'tadigan JCH-2022 1/8 finalida Portugaliya bilan o'yindan kutayotgan umidi bilan o'rtoqlashdi.

"Bu men uchun butunlay boshqacha bo'ladi, chunki bu o'rtoqlik o'yini yoki Millatlar Ligasi emas. Bosim yuqori va shuning uchun futbolchilar bu bosimga qanday dosh berishlari muhim.

O'zgacha o'yin ko'rsatishimiz lozim. Rostini aytsam, Portugaliya yaxshi jamoa va men uchun ular bu o'yinda ham favorit, ammo biz o'z fazilatlarimizni bilamiz. Biz o'zgacha o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz va ularga juda ko'p muammo keltiramiz.

Asosiysi, butun jamoaning o'ziga xos o'ynashi, chunki bilasiz, biz Shveytsariyamiz – tarkibimizda Krishtianu yo'q. Agar hamma o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olsa, bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat borligiga ishonchim komil", – dedi Shakiri.

Portugaliya – Shveytsariya uchrashuvi 6 dekabr kuni 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters