Shahzodbek Ubaydullaev: Bizga faqat g'alaba kerak

Aziz Tukhtamuradov
7 iyun 2017
Bugun Muborakning “Mashal-2” jamoasi o'z uyida Uychining “Xotira-79” klubini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv oldidan “Mashal-2” futbolchisi Shahzod Ubaydullaev o'z fikrlarini bildirdi.

“O'tgan turda ajoyib natija qayd etdik va yirik g'alabaga erishdik. Ammo qaysi jamoa maydonga mag'lub bo'lish uchun chiqadi? Bugun ham g'alaba qozonishimiz kerak. Raqiblarimiz ham tajribali jamoa, lekin bugun maydonda haqiqiy kurash bo'ladi”, - deydi Shahzod Ubaydullaev



"Mashal-2" matbuot xizmati


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia