

Ushbu uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Shahzodbek Nurmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak ham uchrashuv juda ham qiyin bo'ldi. “Obod” jamoasi ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limning ilk daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qilganimizdan so'ng biroz osonroq bo'ldi deb o'ylayman. “Obod” klubi bizni har bir o'yinda qiynab keladi. Bu safar deyarli u darajada qiynalmadik.
Keyingi turda “Paxtakor” mehmoni bo'lamiz. Nasib qilsa ushbu bahsda ham g'alaba qozonishga harkat qilamiz. Avvalambor maqsadimiz chempionlikni qo'lga kiritish. Bundan buyog'iga ochko yo'qotishga haqqimmiz yo'q. Penalti borasida gapiradigan bo'lsam, raqib futbolchisi jamoadoshimni chalib yiqitdi. Men o'yindan tashqari holatda edim, yaxshiyamki to'p mengacha yetib kelmadi. Agarda mengacha to'p yetib kelganda balki penalti bo'lmasmidi”, - deydi “Bunyodkor” klubi futbolchisi Shahzodbek Nurmatov.
Jahongir Sotvoldiev



