

- “Obod”ga qarshi kechgan bahs oson bo'lmadi. Negadir ular bilan doim og'ir uchrashuv o'tkazamiz. Bu safar ham undan mustasno bo'lmadi. Raqib tarkibi asosan yoshlar hisobiga tuzilgan bo'lsa-da, “Obod”ni yaxshi shakllangan jamoa, deb bilaman. Qisqa masofalarga pas oshirib o'ynashda ancha etuk klub. Bugungi bahsda eng asosiy vazifa – natija edi va buni uddalaganimizdan xursandman. Garchi gol urgan bo'lsam-da, shaxsan o'z o'yinimdan qoniqdim, deya olmayman, - deydi Shahzodbek Nurmatov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati




