Shahzod Nurmatov: "Urgan gollarim jamoamning mehnati mahsuli"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2021
O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Qo'qon-1912" (2:0) uchrashuvidan so'ng bekobodliklar safida birinchi gol muallifi Shahzodbek Nurmatovning o'yin xaqida fikrlari:

- Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichidan ko'nglingiz to'ldimi ?

    -Kubok doirasidagi ilk o'yinda Mashal bilan yaxshi o'yin o'tkazdik, faqat omadimiz kelmadi. Oxirida gol o'tkazib yubordik. Yangier va Qo'qon jamoalari bilan o'yinda g'olib bo'lib guruxdan chiqish vazifasini bajardik. Jamoada  xamma xursand. 

-Yangier va Qo'qonga qarshi uchrashuvlarda gol urib o'yinning "Eng yaxshi futbolchisi" deb etirof etilgandagi quvonchingiz xaqida ?

    -Avvalo gol urganim va g'alabaga xissamni qo'shganimdan xursandman. Futbol jamoaviy o'yin. Bu gollar butun jamoaning mexnati. Albatta xursand bo'ldim. 

- Navbatdagi turdagi raqib Sug'diyona bilan bo'ladigan uchrashuvdan nimalar kutyabsiz ?

    -“Sug'diyona” jamoasi bu mavsum yaxshi o'yin  ko'rsatmoqda, chempionatni yaxshi boshlashdi. 5 may kuni albatta g'alaba uchun maydonga tushamiz. Nasib qilsa bu uchrashuvda g'alaba qozonsak ularga ochkolar borasida yetib olamiz.   


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia