Shahzod Nurmatov Bahrayn klubida ko'rikdan o'tdi

Narzulla Saydullayev
29 dek 2015
"Metallurg"ning iqtidorli xujumchisi kelasi yil legioner maqomini oladigan ko'rinadi.
Boisi Nurmatovga Bahraynning "Al-Riffa" klubi  jiddiy qiziqib qolgan. O'tgan haftada Bahraynda bo'lib qaytgan hujumchi "Al-Riffa" klubida bir hafta yig'inda ishtirok etib qaytdi. Agar shartnoma imzolanishi rasmiy hal etilsa, yanvar oyining o'rtasida Nurmatov Bahrainga jo'nab ketadi.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda ushbu klub Bahrayn Oliy ligasida 18 ochko to'plagan holda, 10 jamoa ichida uchinchi pog'onada bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia