Shahzod Azmiddinov ikkinchi davrani "Andijon"da boshlaydi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2025
"Paxtakor" klubi himoyachisi faoliyatini vodiyda davom ettiradi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Paxtakor" Shahzod Azmiddinovni yarim yil muddatga "Andijon" klubiga ijaraga bermoqda. Oldinroq saytimiz bu haqda xabar bergan edi.

Ma'lumot uchun, Azmiddinov "Paxtakor" safida 2020 yildan buyon barcha musobaqalarda jami 98 ta o'yinda maydonga tushib 4 ta gol urgan.  




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia