“Shahr Xodro” ustozi Stefano Kuzin: “Bizga tajriba etishmadi”

Narzulla Saydullayev
11 fev 2020
Matbuot anjumaning ikkinchi qismida “Shahr Xodro” bosh murabbiyi Stefano Kuzin o'z fikrlarini bildirdi.

“Jamoamiz va raqib o'yinchilari orasida juda katta farq borligi bahs davomida anchayin sezildi. Albatta, musobaqaning amaldagi g'olibi bilan o'ynash qiyin bo'lishi aniq edi.

Futbolchilarimiz har bir to'p uchun borini berib harakat qilishdi. Ammo, bunday nufuzli turnirda ilk bor qatnashayapmiz. Shuning uchun, balki tajriba etishmagandir”, - deydi kanadalik murabbiy.

Eslatib o'tamiz “Shahr Xodro” jamoasi OCHL doirasidagi keyingi turni Toshkentda “Paxtakor” stadionida o'tkazadi. “Al Hilol” esa “Shabab Al Ahli” jamoasini o'z maydonida qabul qiladi.



OFK rasmiy saytidan Yusufbek tarjimasi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia