Shahboz Umarov jamoadoshlarida koronavirus aniqlangani bois "Energetik-BGU" – "Sluck" o'yini qoldirildi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2020
Belarus chempionatining 23-turidan o'rin olgan "Energetik-BGU" - "Sluck" uchrashuvi mezbonlar futbolchilari orasida koronavirus aniqlangani tufayli qoldirildi.

Koronavirusni yuqtirib olish holatlari Belarus U-21 yoshlar terma jamoasi yig'inida sodir bo'lgan. Reglamentga ko'ra, uchrashuvni qoldirish borasida qaror qabul qilingan.

Terma jamoa Portugaliyaga Evro-2021 saralash uchrashuvini o'tkazish uchun uchib ketgan edi. U erda koronavirus uchun test topshirgan Belarus yoshlar terma jamoasining olti nafar o'yinchisida virus aniqlangan. Bular – "Energetik-BGU" darvozaboni Artyom Makavchik, himoyachi Aleksandr Svirepa, "Dinamo" (Brest) posboni Pavel Pavlyuchenko, "Shaxtyor" himoyachisi Ilya Lukashevich, "Minsk" himoyachisi Dmitriy Prishepa va yarim himoyachi Roman Vegerya.

Ma'lumot uchun, Portugaliyaga 23 futbolchi jo'nab ketgan bo'lib, ulardan 20 nafari Belarus oliy ligasi klublarida o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, “Energetik-BGU” - “Sluck” o'yini ertaga bo'lib o'tishi lozim edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia