Shahboz Umarov BATE bosh murabbiyi bilan mojaroga borgani bois o'rinbosarlar tarkibiga o'tkazildi

Sherzod Nurmatov
20 fev 2022
Klub 22 yoshli yarim himoyachini sotishga taraddud ko'rmoqda.

Jurnalist Vladislav Taturning axborot berishicha, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Shahboz Umarov BATE ustozi Aleksandr Mixaylov bilan kelishmovchilik tufayli o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazilgan.

"Mojaro kelib chiqqan. Ayni paytda Shahbozni o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazishga qaror qilindi va endi klub uni sotish variantini ko'rib chiqadi", – dedi Tatur.

Ma'lumotlarga qaraganda, kecha "Shaxtyor" Petrikovga qarshi o'rtoqlik uchrashuvining birinchi bo'limida (2:2) Umarov bosh murabbiy Mixaylov bilan janjallashib qolgan va shundan so'ng maydonni tark etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia