"Shaharliklar" hujumga o'tdi. "Manchester Siti" APLda kompensaciya talab qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
7 okt 2024
"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasidan kompensaciya talab qilishni o'ylayapti.

Bugun "Siti" APLga qarshi sud ishida g'alaba qozongani e'lon qilindi.  Sud qoidalarni (APT) noqununiy deb topdi va liga o'zining ustun mavqeini suiistemol qilayotganini aniqladi. 

O'tgan yilning oxirida "Manchester Siti" Etihad bilan yangi kelishuvga erishgandi va Abu-Dabida joylashgan bank bilan hamkorlik bo'yicha shartnoma tuzmoqchi edi. Ikkala xolatda ham APL "Siti" talabini rad etgan, sud esa ushbu qarorni "adolatsiz" deb topdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" ushbu ish bo'yicha xarajat va zararlarni to'lab berishni so'ramoqchi. Agar bu ish amalga oshsa, boshqa klublar ham shunday qilishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail