Shackix: "Hujumda esa bizga oxirgi uzatma yoki zarba etishmadi"

Aslanov Jasurbek
26 noya 2024
"Istiqlol" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi OFK Elit Chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvidan (0:0) so'ng "sherlar" ustozi Maksim Shackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Shackix: - Raqibning asosan qanotlar va standart vaziyatlardan uzatmalar orqali hujum qilishini bilardik. Aynan shunday holatlarda hushyor bo'lishni rejalashtirgandik. Buni uddaladik. Deyarli bo'sh hududlar qoldirmadik. Hujumda esa bizga oxirgi uzatma yoki zarba etishmadi. Futbolchilarning bor intilish bilan harakat qilishganidan qoniqdim. Birinchi bo'limdagi kichik xatolarni tanaffusdan keyin to'g'rilay oldik.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://t.me/Pakhtakor_FC