"Sevilya" Vidalni tanishtirdi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2018
"Sevilya" "Barselona"dan xarid qilingan himoyachi Aleysh Vidalni tanishtirdi.

28 yoshli ispaniyalik klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Vidal kecha tunda Sevilyaga yetib keldi, bugun tongda esa tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Keyin u "Ramon Sanches Pisxuan" stadioniga yo'l oldi va "Sevilya" bilan shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Vidal transferi uchun 8,5 mln. evro oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sevillafc.es