"Sevilya" Sampaolini bosh murabbiy lavozimidan ozod etdi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2023
Murabbiy jamoani oktyabrdan beri boshqarib kelayotgandi.

Ispaniya klubi 63 yoshli argentinalik mutaxassis Xorxe Sampaoli bosh murabbiylikdan bo'shatilganini  ma'lum qildi.

Sampaoli jamoani 2022 yilning oktabrida qabul qilib olgandi. O'shandan beri uning qo'l ostida jamoa 31 ta uchrashuv o'tkazib, 13 ta g'alaba, 6 ta durang va 12 ta mag'lubiyat qayd etdi.

Ma'lum bo'lishicha, andalusiyaliklar "Alaves" va "Eybar"ning sobiq ustozi Xose Luis Mendilibar bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Sevilya" La Liganing 26-turidan so'ng 28 ochko bilan turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sevillafc.es