"Sevilya" hujumchisi Lamela elkasidagi jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi

Alisher
4 dek 2021
"Sevilya" hujumchisi Erik Lamela mashg'ulotlarda elkasidan jiddiy jarohat oldi.

Jarohat sabab u to'rt oyga safdan chiqdi.

Ushbu haftada Erik operaciya qilinadi, dastlab klub shifokorlari buni chetlab o'tishni xohlashgan edi. U mart oyi o'rtalarida mashg'ulotlarga qaytishi mumkin.

Argentinalik futbolchi joriy mavsum "Sevilya" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: AS