

Bu haqda Andalusiya klubi prezidenti Xose Kastro e'lon qildi.
"Sevilya" va Sampaoli o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi va uni o'z jamoasiga murabbiy etib tayinlamoqchi bo'lganlarga badal puli bor. U bilan shunchaki xayrlasha olmayman. Yoki ular pulni to'lashadi yoki u shartnomani oxirigacha bajaradi. Ko'ramiz, kim u uchun pul to'lar ekan. Masala muhokama qilinmaydi, chunki murabbiyning ishidan mamnunmiz" - deydi Kastro.



