Seten: "Barselona" barcha turlarni o'ynab chempion bo'lishni xohlaydi"

Alisher
6 may 2020
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten jamoaning mashg'ulotlarni davom ettirishi haqida gapirdi.

"Hamma anchadan beri doimiy hayot tarziga qaytishni xohlamoqda. Biz buyog'iga uyda qilib bo'lmaydigan mashg'ulotlar ustida ishlaymiz. O'yinchilar bilan masofadan ishlash ham bir tajriba bo'ldi, ammo murabbiylar shtabi futbolchilar uchun mo'ljallangan dasturlarga e'tibor qaratishdi.

Bizning jamoa barcha turlarni o'ynagan holda Ispaniya chempioni bo'lmoqchi. Bu Chempionlar Ligasiga ham tegishli. Shunga qaramay, havotirlar ham yo'q emas", - deydi Kike Seten.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" La Liga turnir jadvalida "Real"dan 2 ochko ko'p jamg'argan holda yetakchi bo'lib turibdi.

Tibo Kurtua: "Barselona"ga La Liga chempionligini berish - adolatsizlik"


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com