Serxio Ramos jarohat sabab “Inter”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
20 noya 2020
Madrid klubi jamoa yetakchisining holati haqida ma'lumot berdi.

“Real” rasmiy sayti xabariga ko'ra, jamoa sardori Serxio Ramos Chempionlar Ligasi 4-turidan o'rin olgan “Inter”ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. 34 yoshli Ramos Ispaniya terma jamoasi safida Germaniyaga qarshi bahsda (6:0) son mushaklarini jarohatlab olgandi. Ramos “Inter”ga qarshi bahsga qadar safga qayta olmaydigan bo'ldi.

“Inter”-“Real” uchrashuvi 26 noyabrda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: “Реал” расмий сайти