Server Jeparov va "Paxtakor" futbolchilari MTJ yig'iniga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
1 mar 2014, 16:49
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotni davom ettirdi.
Mirjalol Qosimov boshchiligida o'tayotgan yig'inga jamoa sardori Server Jeparov kelib qo'shildi. Bundan tashqari Turkiyadan qaytib kelgan "Paxtakor" klubi vakillari Davron Hoshimov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev ham terma yig'iniga qo'shilishdi.

Bugungi mashg'ulot haqida batafsil ma'lumot yaqin vaqt ichida saytimizdan o'rin oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia